1 2 3 4 5 6

Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun

bet1/6
Sana08.06.2018
Hajmi384.82 Kb.

Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2014

1

 

Barkamol avlod –

Vatanning baxti

SOG‘LOM 

AVLOD UCHUN

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, 

bezakli oylik jurnal 8 (220)-son, 2014-yil, avgust

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 

127-sonli qaroriga asosan 

“Maktabgacha tarbiya” jurnali 

negizida tashkil etilgan. 1996-yil 

yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR:

O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi,

“Sog‘lom avlod uchun” 

xalqaro xayriya fondi

JAMOATCHILIK 

KENGASHI:

Svetlana INAMOVA

Tatyana KARIMOVA

Ulug‘bek INOYATOV

Abdulla ORIPOV

Gulnora YO‘LDOSHEVA

BOSH MUHARRIR:

Muftillo YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:

Hidoyat OLIMOVA

(mas’ul kotib) 

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

www.jlsau.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa 

bo‘limida tayyorlandi.

Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil 

va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar 

javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos 

kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga 

qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Zilola Ergasheva 

Musahhih: Adolat Nurullayeva

Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, 

B.Rizoqulov olgan suvratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2014-yil 30-avgust kuni  

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.  

Qog‘oz bichimi A-4. 

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq.  

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq.  

Adadi 5335 nusxa. 1257-buyurtma.

"SANO-STANDART" MCHJda chop etildi. 

100069, Toshkent, Shiroq ko‘chasi, 100-uy.

USHBU SONDA:

USHBU SONDA:

FOND FAOLIYATIDAN

“Sog‘lom bola yili”da xayriya fondining xayrli ishlari ...............2

TARBIYA TADQIQOTLARI

Mehr va mas’uliyat ..................................................................5

SHAXS KAMOLOTI

Pedagogning axloqiy-ma’naviy qiyofasi .....................................6

SOG‘LOM OILA

Ibrat maktabi ...........................................................................9

ONALIK VA BOLALIK

Ona suti – bebaho ne’mat .....................................................10

ILM-FAN UFQLARI

Masofaviy ta’lim tizimi afzalliklari .........................................13

MA’NAVIY OLAM

“Odam yaxshilig‘i so‘z ila” ....................................................15

IBN SINO DARSXONASI

Fizioterapiya – tabiatning tabiiy davosi ..................................17

DOLZARB MUAMMO

Zamonaviy biogenlar tahdididan himoyalanish .......................19

BOLALAR DUNYOSI

Kiyinish madaniyatida bolalarga xoslik ..................................22

RUHIYAT MANZILI

E’tiqod zanglamasin ...............................................................24

O‘ZLIKNI ANGLASH

Muzey – tarix ko‘zgusi ..........................................................26

SOG‘LOM TANDA – SOG‘ AQL

Tamakining immunitet tizimiga ta’siri .....................................27

IZLANGANGA IMKON KENG

Sambo yulduzi .......................................................................29

FAN VA ZAKOVAT

Dunyo va odamlar .................................................................31

BIRINCHI BET:

Yagonasan, muqaddas 

Vatanim, sevgi va sadoqa-

tim senga baxshida, go‘zal 

O‘zbekistonim!

TO‘RTINCHI BET:

Istiqlol farzandlari



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2014

2

Mehr-muruvvat, kattalarni hurmat, kichik-

larni izzat qilish, sog‘lom, ma’naviy barkamol 

avlodni tarbiyalash xalqimizning oliyjanob 

fazilatlaridan. Mustaqillikka erishgach, ushbu 

ezgu ishlar davlat siyosatining asosini tashkil 

qildi, yosh O‘zbekistonni rivojlantirishning 

asosiy maqsad va vazifalarini belgilab berdi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarimiz 

har tomonlama yetuk, Vatanimiz kelajagi u chun 

javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga qo dir bo‘-

lib voyaga yetishi uchun keng ko‘ lamli ishlar 

amalga oshirilmoqda. 

Mamlakatimizda har bir bola o‘zini baxti-

yor his etishi uchun barcha shart-sharoitlar 

yaratilgan. Bu borada belgilangan maqsadlar-

ga erishish uchun turli vazirlik va idoralar, 

markaz va jamg‘armalar o‘z sa’y-harakatini 

birlashtirib, o‘sib kelayotgan yosh avlodning 

nafaqat mustaqil, keng dunyoqarashga ega, 

balki sog‘lom va kuchli bo‘lib voyaga yetishi-

ga ko‘maklashmoqda. 

Prezidentimiz Islom Karimovning 1993-yil 

23-apreldagi “Sog‘lom avlod u 

chun” huku-

matga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya 

fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga 

muvofiq tashkil etilgan “Sog‘lom avlod u chun” 

fondi ushbu yo‘nalishdagi ishlarda alohida 

o‘rin tutadi. Bundan tashqari, fond faoliyatini 

tartibga solish va tibbiy, ijtimoiy, gumanitar 

va moliyaviy-iqtisodiy dasturlarni amalga 

oshirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan 

qator qarorlar qabul qilindi.

Ona va bola salomatligini himoya qilish, 

ehtiyojmandlarga insonparvarlik yordami ko‘r-

satish fondning muhim faoliyatiga aylandi. 

Bugungi kunda fond xalqaro tashkilotlar bilan 

keng hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda, tibbi-

yot, gumanitar, ta’lim, sport va madaniyat 

kabi asosiy yo‘nalishlarda ham faoliyat ko‘r-

satmoqda. 

Prezidentimiz tomonidan “Sog‘lom bola yi-

li”, deb e’lon qilingan joriy yilda “Sog‘lom 

avlod uchun” fondi davlat tuzilmalari bilan 

birgalikda barkamol avlodni har tomonlama 

qo‘llab-quvvatlash, ular salomatligini muho-

faza qilish, ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqa-

rishga qaratilgan xayrli ishlarda faol ishtirok 

etmoqda. 

Fond faollari tomonidan amalga oshirila-

yotgan xayrli ishlarga minglab odamlar ham 

o‘z hissasini qo‘shmoqda. 

Fond ezgu an’analarni davom ettirgan hol-

da, joriy yilda Respublika Skrining markaziga 

xavfli guruhga kiradigan homilador ayollarni 

ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur biokimyoviy 

analizatorni taqdim etdi. 

Tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash 

davlat dasturi doirasida nogiron bolalar tu g‘i-

lishining oldini olish maqsadida skrining mar-

kazlarida 149,1 ming nafar chaqaloq tibbiy 

ko‘rikdan o‘tkazildi. Xavfli guruhga tushgan 

uch ming nafardan ziyod chaqaloq Respublika 

Skrining markazi filiallari orqali bolalar max-

sus ovqati va zarur dori-darmonlar bilan be-

g‘araz asosda muntazam ta’minlanmoqda. 

Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirila-

yotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida xal-

qaro hamjamiyat tomonidan dunyoning bosh-

qa ko‘plab davlatlari uchun namuna sifatida 

e’tirof etilgan onalik va bolalikni muhofaza 

qilishning samarali tizimi yaratildi. O‘zbekis-

ton bolalar salomatligi haqida g‘amxo‘rlik 

ko‘rsatayotgan birinchi o‘ntalik davlatlar qa-

toridan joy oldi. Bu boradagi ishlarni yanada 

takomillashtirish maqsadida “Sog‘lom bola 

yili”da ham fond Sog‘liqni saqlash vazirligi 

bilan hamkorlikda Koreya Respublikasining 

“Ehwa Womans University” gospitali bilan 

shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomaga bi-

noan shu yilning yanvar oyida Toshkent pedi-

atriya tibbiyot instituti klinikasi, fondning 

Tibbiy-ijtimoiy markazi, Toshkent viloyatining 

O‘rta Chirchiq tumanidagi bolalar shifoxona-

sida ikki mamlakatning yetakchi kardiologlari, 

“SOG‘LOM BOLA yiLi”dA 

XAYRIYA FONDINING XAYRLI ISHLARI

Fond faoliyatidan



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2014

3

urologlari, pediatr, oftalmolog va boshqa mu-

taxassislari ishtirokida tibbiy ko‘ riklar o‘tka-

zildi. Davolanishiga muhtoj bemorlarga shifo-

korlar ko‘rsatmasiga ko‘ra dori-darmonlar 

berildi. 

Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarning 

oldini olish maqsadida fond Sog‘liqni saqlash 

vazirligi va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan ham-

korlikda keng targ‘ibot ishlarini amalga oshir-

moqda. Sohaning yetakchi mutaxassislari ish-

tirokida seminar, trening, savol-javob ke cha-

lari, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Hu-

dudiy skrining markazlaridagi mutaxassislar 

malaka darajasini, ular ko‘rsatayotgan yor dam 

sifatini oshirish maqsadida monitoring qilin-

moqda. 

Bundan tashqari, fondning tibbiy-ijtimoiy 

yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘chma brigada-

lari joylardagi hokimliklar, xotin-qizlar qo‘mi-

talari, fuqarolar mahalla yig‘ini va sog‘liqni 

saqlash muassasalari ko‘magida 679 chekka 

qishloq va 1497 mahallada istiqomat qilayot-

gan 14 mingdan ortiq oiladagi psixologik mu-

hit va ular salomatligini reja asosida o‘rgandi. 

Mazkur brigadalar orqali ehtiyojmand oilalar-

ga insonparvarlik yordami sifatida dori-dar-

monlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-ke-

chak, yotoqxona anjomlari, gigiyena vositalari 

topshirildi.

Shu bilan birga, ona va bola salomatligini 

yaxshilash hamda saqlash maqsadida fond 

tomonidan homilador ayollarning tug‘ish fizi-

ologiyasi va psixologiyasi to‘g‘risida xabar-

dorligini oshirish maqsadida “Yosh onalar 

maktabi” loyihasi davom ettirilmoqda. Ularga 

tug‘ish paytida o‘zini qanday tutish, bolaga 

qarashning turli ko‘nikmalari o‘rgatilmoqda. 

Emizish, oiladagi o‘zaro munosabatlar, bola 

tarbiyasi, kontratsepsiya uslublari va boshqa 

masalalar haqida suhbatlar o‘tkazilmoqda. 

Buklet va vitamin preparatlari bepul tarqatil-

moqda. 

Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-mayda-

gi “2001–2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensi-

oner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni 

yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha cho-

ra-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 

joriy yilning olti oyida tibbiy-ijtimoiy yordam 

ko‘rsatish bo‘yicha ko‘chma brigadalar xodim-

lari qariyb 700 nafar yolg‘iz pensionerlar va 

imkoniyati cheklangan odamlarni uyiga borib 

ko‘rdi. Ularga tibbiy vositalar va mai shiy bu-

yumlardan iborat ijtimoiy yordam ko‘r sa tildi. 

Fondning keng ko‘lamli xayriya faoliyati 

haqida gapirganda, qo‘shma loyihalar sama-

rasini ham ta’kidlab o‘tish joiz. 

Fond bir necha yillardan buyon Koreya Res-

publikasidagi gospitallar bilan samarali ham-

korlik qilib kelmoqda. “JCI Korea” tashkiloti 

va Cha universeti huzuridagi “Pundan Cha” 

gospitali bilan hamkorlikda 2010–2014-yillar-

da tug‘ma yurak nuqsoni bor 29 bola “Pundan 

Cha” gospitalida bepul operatsiya qilindi. 

Yonsey universiteti huzuridagi “Severance” 

gospitali shifokorlari 10–14-fevral kunlaridagi 

tashrifi doirasida fondning Tibbiy-ijtimoiy 

markazi hamda Toshkent viloyatining O‘rta 

Chirchiq tumanida aholini tibbiy ko‘rikdan 

o‘tkazdi. Ko‘rikdan jami 750 kishi o‘tkazildi. 

Shuningdek, oftalmologik ko‘rikdan o‘tkazil-

gan 2237 nafar bola orasida ko‘rish qobiliyati-

ni yaxshilash lozim bo‘lgan bolalar borligi 

aniqlandi. Ular xayriya asosida ko‘zoynaklar 

bilan ta’minlanadi. 

Yana shuni qayd etish kerakki, “KOFIH” 

fondi tomonidan Toshkent viloyatidagi bola-

lar shifoxonasi va Tibbiy-ijtimoiy markazga 

tibbiyot uskunalari taqdim etildi. Koreyaning 

“KOFIH” sog‘liqni saqlash xalqaro fondi ajrat-

gan grant mablag‘larga zamonaviy EKG appa-

ratlari xarid qilinib, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, 

Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatidagi 

tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘ch-

ma brigadalarga topshirildi. 

Koreyaning “Save the Children” xalqaro 

tashkiloti bilan tug‘ma yurak xastaligi tashxisi 

qo‘yilgan bolalarni operatsiya qilish bo‘yicha 

qo‘shma loyiha muvaffaqiyatli davom ettiril-

moqda. Joriy yilning birinchi yarmida loyiha 

doirasida shunday kasallikka chalingan 21 

bolaga operatsiya uchun zarur oksigenatorlar 

va boshqa vositalar berildi. Toshkent pediatri-

ya tibbiyot instituti klinikasida jarrohlik ope-

ratsiyalari o‘tkazildi. 

Bundan tashqari, “Sog‘lom avlod uchun” 

fondi va “Save the Children” xalqaro tashkilo-

ti o‘rtasida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida-

gi “Chinobod” qishloq vrachlik punktini tibbi-

yot asbob-uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha 

imzolangan shartnoma doirasida fond tomo-

Fond faoliyatidan



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2014

4

Fond faoliyatidan

nidan  tegishli tibbiyot asbob-uskunalari va 

inventari sotib olindi va “Chinobod” qishloq 

vrachlik punktiga topshirildi. 

 “Sog‘lom avlod uchun” fondi va “Fridenz-

dorf Interneshnl” xalqaro tashkiloti o‘rtasida 

tuzilgan shartnomaga muvofiq jag‘-yuz soha-

sida tug‘ma nuqsonlari bor va harakat-tayanch 

apparatining tug‘ma kasalliklariga chalingan 

bolalarni operatsiya qilish uchun grant mab-

lag‘lari ajratildi. 

Bundan tashqari, joriy yilning fevral oyida 

o‘zbekistonlik bemor bolalar beg‘araz xayriya 

asosida operatsiya qilinish uchun Germaniya 

klinikalariga jo‘natildi. 

Yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga 

oshirish, ro‘yobga chiqarilayotgan loyihalarni 

monitoring qilish, xalqaro hamkorlikni mus-

tahkamlash uchun fond joriy yilda o‘zining 

xayrli vazifasini bajarish uchun sherik va do-

norlar topish ishlarini ham davom ettirmoqda. 

Yosh avlodni intellektual, jismoniy va ma’-

naviy rivojlantirish dasturlarini hayotga tatbiq 

etish maqsadida fondning markaziy apparati 

va hududiy filiallari tomonidan bayram kon-

sertlari, teatr tomoshalari, ko‘rgazmalar, tan-

lovlar, muzeylarga borish, mamlakatimizning 

qadimiy shaharlari – Samarqand va Buxoroga 

safarlar, eng yaxshi sog‘lomlashtirish orom-

gohlarida dam olish kabi madaniy-ma’rifiy 

tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda. Masa-

lan, 2014-yilning yoz faslida bolalar sog‘lom-

lashtirish oromgohlariga jami 426 nafar bola 

jo‘natilgan bo‘lib, ularning 320 nafari Samar-

qand viloyatidagi “Sitora” va 106 nafari Tosh-

kent viloyatidagi “Konstruktor” oromgohida 

dam oldi. Bularning barchasi ota-ona qarovi-

siz qolgan bolalar, “Mehribonlik” va “Muruv-

vat” uylari tarbiyalanuvchilarini xursand qi-

lish, ularga quvonch bag‘ishlash maqsadida 

amalga oshirilmoqda. 

Shuningdek, fond tomonidan iqtidorli yosh-

larni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratil-

gan tadbirlar ham o‘tkazilmoqda. Misol u chun, 

shu yilning mart oyida “Sog‘lom avlod uchun” 

fondi binosida “Bahor jozibasi” badiiy ko‘r-

gazmasi va rassom Dilorom Mamedovaning 

tasviriy san’at mahorat saboqlari o‘tkazildi. 

Shu oyda Xalq ta’limi vazirligi va Bastakor-

lar uyushmasi bilan hamkorlikda “San’at g‘un-

chalari” yosh musiqachilar respublika tanlovi 

ham bo‘lib o‘tdi. Unda barcha hududlardagi 

musiqa maktablarining 200 nafar tarbiyala-

nuvchilari qatnashdi. Nafaqat g‘olib va sov-

rindorlar, balki tanlovning barcha ishtirokchi-

lariga esdalik sovg‘alari, mukofot va diplomlar 

topshirildi. 

Joriy yilda o‘tkazilgan an’anaviy “Kamalak 

jilosi” tanlovida mamlakatimizning turli hu-

dudlaridan kelgan bolalar o‘z iste’dodini na-

moyish etdi. Ular “Mehribonlik” uylari tarbi-

yalanuvchilaridir. Fond bu bolalar uchun poy-

taxtimizdagi “Toshkentlend” bog‘ida “Sen yol-

g‘iz emassan” respublika jamoatchilik bolalar 

jamg‘armasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, inves-

titsiyalar va savdo vazirligi, Xalq ta’limi vazir-

ligi ko‘magida o‘n oltinchi xayriya tadbirini 

tashkil qildi. 

Joriy yilda fond va uning hududiy filiallari 

tomonidan ko‘plab sport tadbirlari tashkil 

etildi. Xususan, sinxron suzish bo‘yicha “Go‘-

zallik olami” sport festivali, “Kombat aykido” 

chempionati, mini-futbol bo‘yicha musobaqa, 

“Bahor malikalari – 2014” sport gimnastikasi 

bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida turnir, 

maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyala-

nuvchilari o‘rtasida sport bellashuvlari va 

boshqa tadbirlar o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-

masining 2014-yil 30-yanvarda “Sog‘lom av-

lod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan 

xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlash bo‘-

yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘ ri si da”-

gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatda jamo-

atchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajri-

basini hisobga olgan holda sog‘lom, barkamol 

yosh avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan 

sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, dav 

lat-

ning ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlashga, 

sog‘lom avlodni voyaga yetkazish va tarbiya-

lashda oilaning rolini kuchaytirishga yo‘nalti-

rilgan ijtimoiy dasturlarining maqsadlari va 

mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib 

etishni tashkil qilish kabi fond faoliyatidagi 

muhim vazifalar belgilangan.

Svetlana INAMOVA,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya 

fondi boshqaruvi raisi.

Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2014

5

Tarbiya tadqiqotlari

MEHR VA MAS’ULIYAT

Bola tarbiyasi bir qaraganda oson ko‘ringa-

ni bilan u juda murakkab ta’lim-tarbiya jara-

yonini o‘z ichiga olib, ota-onadan, eng avvalo, 

mehr va parvarishni, intellektuallikni, mas’-

uliyatni talab etadi. Shu bois, bolaning faqat 

jismoniy tomondan emas, balki ruhiy jihatdan 

ham barkamol bo‘lishiga katta e’tibor qarat-

moq lozim. Bu esa bolalar tarbiyasi bilan shu-

g‘ullanuvchi mutaxassislardan yanada chuqur 

izlanishlarni talab qiladi. 

Tadqiqotchilar bola-ona va bola-ota muno-

sabatini farq lashmaydi. Bolaning ilk yoshidagi 

tarbiyasida onaning roli kattaligiga urg‘u be-

rishadi. Bola va ota-ona munosabatlarini bun-

day nomuvofiq o‘rnatish maqsadga muvo fiq 

emas. Bola tarbiyasida otaning o‘ziga xos roli-

ni alohida ko‘r satib berish lozim. Bu vazifani 

bola tarbiyasida ota va ona rollarini qiyoslash 

yo‘li bilangina hal qilish mumkin. Bola shaxsi-

ning rivojlanishi uning kattalar bilan munosa-

batlariga bog‘liq.

Bola oliy psixik xususiyatlarning shaklla-

nishi kattalar bilan muloqoti doirasidagina 

amalga oshadi. Bunda ontogenezning ilk bos-

qichlari katta rol o‘ynaydi. Rivojlanishning ilk 

davrlarida esa ota-onalar bola tarbiyasida 

muhim o‘ringa ega katta yoshlilar sifatida na-

muna bo‘ladi.

Ota va onaning bolaga munosabatidagi 

farqlarni ko‘rsatishga e’tibor qaratgan tad-

qiqotchi E. Frommdir, u muhabbatning turli 

ko‘rinishlarini tahlil qilayotib, otalik va onalik 

muhabbatlarining tafovutlari haqida yozadi. 

Uning fikricha, otalik mehr-muhabbati onani-

kiga qaraganda talabchanroq va shartliroq 

bo‘ladi. Bola ota-onaning muhabbatiga sazo-

vor bo‘lishi uchun muayyan ijtimoiy talablar-

ga javob berishi kerak. Farzand o‘z qobiliyat-

lari, yutuqlari, muvaffaqiyati bilan ota kutgan 

orzularga mos kelishi zarur. Otaning muhab-

bati bolaga yutuqlari va yaxshi xulq-atvori 

uchun mukofot bo‘lib xizmat qiladi.

Shunday qilib ota ijtimoiy vazifasini baja-

rishda talab, intizomda qo‘llaniladigan cho-

ralar ijrochisi hisoblanadi. Onaning farzandga 

muhabbati otanikiga qiyoslaganda hech bir 

shart talab qilmaydi. 

A.Adlerning tasavvuriga ko‘ra, otaning tar-

biyadagi roli ijtimoiy salohiyatni rivojlantirish-

ga qaratilgan faollikni rag‘batlantirishdan ibo-

rat. Agar ona bolaga insoniy muhabbatni his 

qilish imkonini bersa, ota bolaga insoniy jami-

yatga yo‘l ko‘rsatadi. Ota bolalar uchun dunyo 

haqida bilish manbayi hisoblanadi. Ularda ijti-

moiy foydali maqsadlar va ideallar, kasbiy 

yo‘nalishlar shakllanishiga yordam beradi.

Bola rivojlanishida ota va ona ta’sirining 

farqli jihatlarini tahlil qilishda otaning farzan-

di bilan turli yosh bosqichidagi munosabat 

xususiyatini o‘rganish muhimdir.

Ota farzand hayotining birinchi kunlaridanoq 

u bilan muloqot o‘rnatishi masalasi xorij psixo-

loglari tomonidan mufassal o‘rganilgan. Marga-

ret Rodxolm tadqiqotiga ko‘ra, jarrohlik yorda-

mida  (kesar usulida) tug‘ilgan bolalar bilan 

taxminan 15 daqiqa davomida muloqotda bo‘-

lishgan. Bunda ota-onaga bolani qo‘lga olish, u 

bilan gaplashish, boshini, qo‘l-oyoq chalarini si-

lash taklif qilingan. Xuddi onalar kabi otalar 

ham chaqaloq bilan erta muloqot boshlasa ke-

yingi o‘zaro munosabatida ijobiy ta’sir ko‘rsata-

di. Bunday otalar faolroq bo‘lib, bola ehtiyojla-

rini osonroq tushuna boshlaydilar.

Ma’lumki, bola tug‘ilish jarayonida ishtirok 

etgan otalar amalda bolaga darhol bog‘lanib 

qolishadi. Emotsional ko‘tarinkilik, g‘urur his 

qilishadi. Ular tug‘ilganidan bir necha kundan 

so‘ng bolasini ko‘rgan otalarga qaraganda 

farzandiga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishadi. Ra-

fiqasi tug‘ishi jarayonida ishtirok etishdagi 

ke chinmalar erkaklarni o‘z ayollariga kuchli-

roq bog‘laydi, er va xotin o‘rtasidagi umumiy-

lik hissini mustahkamlaydi.

Sog‘lom avlod uchun

 | 



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-25.html

barnes-foundation-3.html

barnes-foundation-34.html

barnes-foundation-39.html

barnes-foundation-43.html