1 2 3 4 5

Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun - bet 5

bet5/5
Sana23.09.2017
Hajmi360.19 Kb.

Odobnoma

Mashhur yozuvchi va olim Jan Jak Russo: 

“Inson tarbiyasi u tug‘ilishi hamono boshla-

nadi, chaqaloq hali gapirmaydi, so‘zga quloq 

solmaydi, ammo o‘rgana boshlaydi. Bilish 

tarbiyadan kelib chiqadi”, – degan edi. Dar-

haqiqat, insonning shaxs bo‘lib rivojlanishida 

oila ilk tarbiya dargohi sifatida muhim ahami-

yat kasb etadi, shu bois bola dastlabki barcha 

bilimlarni o‘z oilasidan o‘rganadi. Bir so‘z bi-

lan aytganda, oilaviy tarbiya ota-onalar uchun 

avvalo, o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir. Bola-

ni ruhan, ma’nan sog‘lom qilib o‘stirishda 

shunday nozik jihatlar borki, bola tarbiyasiga 

mas'ul har bir shaxs ularni nazardan chetda 

qoldirmasligi joiz. 

Qoidalar. 

Kattalar bolaligimizdan aniq bel-

gilangan qoidalar asosida harakat qilishimiz 

zarurligini uqtirishadi. Bu dasturlar bizning 

o‘zimizni tutishimiz, nimalarni qilishimiz va 

qilmasligimiz kerakligini nazorat qilib turadi. 

Ta’qiqlar soni ortib boravergani sari farzan-

dingiz ongida “harakatlarimning barchasi be-

foyda”, degan tushuncha paydo bo‘ladi. Bu 

esa ruhan ojizlikka, o‘z kuch va imkoniyatla-

riga nisbatan ishonchsizlikka olib keladi. 

Savollar. 

Tarbiya jarayonida ota-onalar yo‘l 

qo‘yadigan eng katta xatolardan biri bu bola 

turli-tuman savollar berishni boshlagan payt-

da unga bee’tibor bo‘lishlaridir. Ular farzandi-

ning savollariga javob berish asnosida bolada 

mustaqil fikrlash zavqini uyg‘otishlari zarur. 

Tanbeh.

 “Sen nodonsan, qo‘lingdan hech 

narsa kelmaydi”, degan ta’kidlar ostida ul-

g‘ay gan bola haqiqatdan ham siz bergan ta’-

rifga mos bo‘lib boradi. Bolalikda insonning 

“bahosi” miyada muhrlanib qoladi. Agarda 

bola ota-onasidan muhabbat, rag‘bat ko‘rsa, 

ulg‘ayganda o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan 

ijobiy munosabat shakllanadi. Aksincha bo‘l-

sa, unda tushkunlik, hadiksirash, qo‘rquv, 

alamzadalik kabi salbiy hissiyotlar yetakchilik 

qiladi. Farzandining harakatlarini doimo na-

zorat ostiga olib yurish, hadeb tanbeh berave-

rish bolada o‘z kuchiga nisbatan ishonchsiz-

GO‘ZAL TARBIYA – 

HAYOT MAYOG‘I

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

26

Odobnoma

lik, ikkilanishni yuzaga keltirib, mustaqil 

fikrlash qobiliyatining bo‘g‘ilishiga sabab bo‘-

ladi.


Qo‘rquv.  

Ko‘pchilik odamlar ongida bola 

oilada kimdandir qo‘rqishi kerak degan tu-

shuncha bor. Vaholanki, qo‘rquv hech qachon 

odamda yaxshi fazilatlarni shakllantirmagan. 

Talabchanlik va qattiqqo‘llik hurmat bilan 

qorishiq bo‘lsagina ko‘zlangan natijaga eri-

shish mumkin.

Tobelik.

 Yosh bola hali shaxs sifatida 

shakllanmagan, jamiyatga endigina kirib kela-

yotgan paytda ota-onasiga har tomonlama to-

be bo‘ladi. Shuning uchun ham bolaga u 

haqda qanday fikrda ekanliklari, qanday baho 

berishlari juda muhim sanaladi. O‘zi haqida 

ijobiy fikr eshitgan bola shunga muvofiq xatti-

harakatlarini erkin namoyon qiladi. Salbiy 

muomala esa ishonch tuyg‘usining darz keti-

shiga olib keladi. Quyidagi hikoyada tobelik-

ning ruhiyatga ta’siri aks ettirilgan.

Amerikalik bir sayohatchi bolalariga nisba-

tan o‘ta qattiqqo‘l do‘stiga shunday voqeani 

gapirib beribdi:

– Afrikada bo‘lganimda, bir voqeaning 

shohidi bo‘ldim, – debdi u. O‘rmon chekkasi-

da yashaydigan bir savdogarning baquvvat va 

aqlli fili bo‘lib, kunlarning birida unga ikkita 

arslon hujum qilib o‘ldiribdi. Shunday bahay-

bat va kuchli fil arslonlarga bas kelolmagani-

ning sababi, fil arslonlar bilan olishganda ha-

deb bir doira atrofida aylanavergan, kengroq 

joyga chiqishga aqli yetmagan edi. Negaki 

savdogar uni o‘n yil davomida uzun zanjir 

bilan bir yerga bog‘lab qo‘ygan ekan. 

Bundan ayon bo‘ladiki, haddan ortiq kuch-

li nazorat ham bolaning mustaqil qaror qabul 

qilishiga to‘siq qo‘yadi.

Ota-ona tarbiya jarayonida sinchkov psixo-

log, nozik didli pedagog, bolaning kelajagini 

yaratuvchi bashoratgo‘y bo‘lishi lozim. Agar 

ota-ona boladagi iste'dod kurtaklarini o‘z 

vaqtida sezib, ularning rivojlanishiga sharoit 

yaratib bera olsa, bola shaxsining kamol to-

pishiga katta yo‘l ochadi. 

Ota-onaning xulq-atvori ham bola tarbiya-

siga ta’sir etuvchi vositalardan biri. Bolani 

faqat u bilan gaplashganda, nasihat qilganda 

yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbi-

yalayman, deb o‘ylash masalaga yuzaki qa-

rashni bildiradi. Psixologlar fikriga ko‘ra, kat-

talar bolani turmushning har bir daqiqasida, 

hattoki o‘zining uyda yo‘qligida ham tarbiya-

lar ekan. Atrofdagilarning qanday kiyinishi, 

boshqalar bilan muomala munosabati, xur-

sand bo‘lishi yoki tashvishlanishi – bularning 

hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega. 

Agar siz uyda qo‘pollik yoki maqtanchoqlik 

qilsangiz yoki ichkilikka berilsangiz, undan 

ham yomoni – haqoratli so‘zlarni ishlatsangiz 

– bolalaringizga nihoyatda katta zarar yetkaz-

gan bo‘lasiz va sizning bu nojo‘ya qiliqlarin-

gizning oqibati kelajakda o‘z “me va” sini ber-

may qo‘ymaydi. Ota-onaning o‘ziga talabchan 

bo‘lishi, o‘z oilasini hurmat qilishi tarbiyaning 

birinchi va eng asosiy shartidir.

Eng muhimi esa, ota-ona o‘z e'tiborini 

faqat bolalaridagi qusur va illatlarga barham 

berishga emas, ularda hayotbaxsh muhabbat-

ni uyg‘otishga qaratishi kerak. 

Nigina Nuriddinova tayyorladi.

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

27

Ilm-fan ufqlari

YER VAZNINI TAROZIDA 

O‘LCHAGAN OLIM

Ilm-fan taraqqiyot kaliti sanaladi. Har qan-

day sohada biror yangilik, ixtiro, kashfiyot 

ham avvalo, ilmiy-amaliy izlanishlar natijasi-

da kelib chiqadi.

Ayni paytda shuni ta’kidlash joizki, ilm 

yo‘lidagi izlanishlar, kash fiyotlar qaysi yurt-

da, qaysi xalq vakili tomonidan amalga oshi-

rilmasin, u baribir butun dunyo ilm-fan ta-

raqqiyotiga qo‘shilgan hissa bo‘ lib qolaveradi. 

Quyida ana shunday shaxslardan biri – Gen-

ri Kavendish haqidagi hikoyani havola eta miz.

Angliyada Kavendishlar oilasi qadimdan 

taniqli edi. Bu oila vakillari orasida ministrlar 

ham, harbiy qo‘mondonlar ham bo‘lgan. Hat-

to XVI asrda oltin ortilgan ispan kemasini ta-

lagan qaroqchilardan biri ham mazkur oilaga 

mansub edi. Genri Kavendish esa ajdodlari 

singari talonchilik qilmadi, hukmronlikka 

ham intilmadi. U mamlakatining eng badavlat 

kishilaridan biri bo‘lsa-da, keraksiz hasham 

va shaxsiy huzur-halovati uchun umri bo‘yi 

sariq chaqa ham sarf etmadi. 

Har bir lahza, vaqtini Kavendish kabi o‘y-

lab, mo‘ljallab sarflagan kishilar tarix sahifa-

larida juda-juda oz uchragan. U hatto suhbat 

cho g‘ida ham so‘zga xasis bo‘lgan.

Genri Kavendish butun umrini ilm-fanga, 

tajribalar o‘tkazishga sarfladi. Olim o‘z oldiga 

qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun butun 

boyligini ham, vaqtini ham ayamadi. O‘zi 

o‘ylab, nazariy jihatdan ishlab chiqqan biror 

asbobni qurish uchun olim eng mashhur 

mexaniklarni taklif etdi. Ularning xizmat haqi 

va zarur materiallarning eng sozini sotib olish 

uchun ko‘pgina mablag‘ ajratdi. Shu tariqa 

o‘z ilmiy tajribalariga o‘zi homiylik qilgan Ka-

vendish bir-biridan ajoyib ko‘plab kashfiyot-

larni amalga oshirishga ulgurdi.

Agar siz bugungi maktab o‘quvchisidan 

stakandagi suv nimalardan tashkil topganligi-

ni so‘rasangiz, u hech ikkilanmasdan vodorod 

bilan kisloroddan, deb javob beradi. Buni esa 

ikki yuz yil muqaddam Genri Kavendish aniq-

lagan.

Havo – kislorod bilan azot aralashmasi ekan-

ligi hozirda barchamizga ma’lum. Bu aralash-

maning necha foizini kislorod, qan 

chasini 

azot tashkil etishi ham Kavendish o‘tkazgan 

o‘sha tajribalarning birida ma’lum bo‘ldi. U 

havo tarkibidan karbonat angid rid gazini ajra-

tib olishga muvaffaq bo‘lgan, vodorodni kashf 

etgan birinchi kimyogar edi.

Olimning fizika sohasida erishgan yutuqlari 

ham bundan kam bo‘lmagan. Biroq uning Yer 

og‘irligini hisoblashga oid eng mashhur tajri-

basi 1798-yili amalga oshirildi. Butun bir kur-

ramizni torta oladigan «ulkan tarozi»ni ko‘z 

oldingizga keltirishga urinib ko‘ring. Uni ta-

savvur etib bo‘lmaydi, bunday tarozi Kaven-

dishda ham bo‘lmagan, albatta. Zakovatli 

olim bu masalani ulkan emas, aksincha, ki-

chik, biroq aniq ishlaydigan asbob yordami-

dagina hal etish mumkin deb bilgan va shu 

rejasini amalga oshira olgan. 

Shunday qilib, olim misga kumush suvi yu-

ritib tayyorlangan ingichka sim olib, unga ye-

ngil shayin osadi, bu shayinning ikkala uchiga 

og‘irligi 700 gramm keladigan shar 

chalarni 

mahkamlaydi. Salgina esgan shabadada ham 

shayin ingichka simni burab aylana boshlay-

di. Shu bois mazkur asbob “burama tarozi” 

deb nomlangan.

Endi bu sharchalar yoniga boshqa, og‘ir-

roqlarini mustahkamlash kerak edi. Bu ular-

ning o‘zaro tortishish kuchi qanday bo‘lishini 

hisoblab chiqish uchun zarur. Asbobga na qilt 

etgan havo oqimi, na haroratning o‘zgarishi 

(buning natijasida ham juda sezilarsiz shaba-

da hosil bo‘ladi) ta’sir etmasligini ta’minlash 

juda qiyin bo‘ldi. Shunga qaramay, Kavendish 

bu og‘ir sinovdan ham muvaffaqiyatli o‘tdi.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

28

Ilm-fan ufqlari

Olim o‘z tarozisini derazalarsiz, eshiklari 

doimo berk turadigan va havo harorati bir xil 

saqlanadigan xonaga olib kiradi, asbobni ger-

metik shkaf ichiga joylaydi. Sharchalarni ku-

zatish shkafda maxsus teshiklar ochib o‘rna-

tilgan kuzatuv naychalari orqali amalga oshi-

rildi. Tayyorgarliklar nihoyasiga yetgach, olim 

og‘irligi deyarli 150 kilogramm keladigan yirik 

sharlarni yengil shayin sathiga ehtiyotkorlik 

bilan  tushiradi, so‘ng shayin ohista chayqala-

yotganini naychalar orqali kuzatadi. Kuzatish 

natijalari yengil sharlar og‘irlari tomon tortila-

yotganini ko‘rsatdi.

Tortilish kuchi juda zaif edi. Agar yengil 

sharlarni birorta chivin tortsa, hatto uning 

kuchi bu tortilish kuchidan ortiqroq bo‘lardi. 

Biroq asbob shu qadar aniq ishlardiki, natija-

da Kavendish bu tajribasini o‘nlab marta 

qaytarib, tortilish kuchining o‘rtacha miqdori-

ni belgilashga muvaffaq bo‘ldi. Keyin esa u 

amaliy natijalarning formulasini ishlab chiqdi.

Kavendishning hisobicha, kurramiz hajmi-

ning bir kub santimetrida modda zichligi 5,45 

grammni tashkil etadi. Hozirgi ma’lumotlarga 

ko‘ra, bu zichlik deyarli 5,518 grammdan 

iborat. Yer massasi esa 5976–10 kilogrammga 

(5976 raqamlaridan keyin 21 ta nol keladi) 

teng. Kavendish buni ham deyarli aniq hisob-

lab berdi, ya’ni o‘z tajribalari asosida butun 

kurramizni tortib ko‘rdi.

Aytishlaricha, Kavendishning oldiga uning 

pullari saqlanadigan bank xo‘jayini kelib, ki-

rim va chiqimlar haqida shoshmasdan axborot 

berar ekan, bunga bir necha lahza zo‘rg‘a 

chidagan olim “Agar hoziroq ovozi ngizni o‘chir-

masangiz, pullarimni boshqa bank ka o‘tkazib 

yuboraman”, degan ekan.

Ha, olim haq bo‘lgan, chunki ilm-fan yo‘li-

da sarflangan umrning bir lahzasi ham har 

qanday xazinadan qimmatlidir.

Qodir TO‘RAYEV, 

Jizzax davlat pedagogika instituti 

o‘qituv chisi, pedagogika fanlari nomzodi,

xalq ta’limi a’lochisi.

Muhayyo ZOKIROVA,

Jizzax tumanidagi 12-maktabning fizika 

fani o‘qituvchisi.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

29

“Anavini qarang-a, o‘rdak emasmi?”

“Qani?”

“Hozirgina suv betiga kelib qo‘ndi. Bir da-

qiqa shoshmang. 

Mana endi ko‘rsangiz bo‘laveradi.”

Quyosh nurida toblanib yotgan erkak uzala 

tushgan joyidan xiyol ko‘tarildi. 

Ikkinchi jahon urushida qatnashgan avst-

raliyalik askar formasi erkakning yonida yoyi-

lib yotardi. 

Bir bolakay bu askardan biroz narida qad-

dini tik tutgancha uzoqlarga termulib turardi. 

“O‘rdaklar bittami yoki ikkita ekanmi?” – 

deb so‘radi erkak. 

“Bittaga o‘xshaydi”.

“Chindanam o‘rdak ekanmi o‘zi?”

“Bo‘lmasam-chi, naq o‘rdakning o‘zi-ku!”

“Sal kichkinaroq bo‘lib ko‘rinmayaptimi?”

“O‘rdaklar suzayotganlarida doim shunaqa 

bo‘lib ko‘rinishadi.” “Borib, qurolingizni olib 

kelsammikan, a?”

Shu topda bolakayning yuragi qaynab to-

shardi. 


“Xo‘sh... Ha, mayli. Olib kelsang, olib kela 

qol”, – izn berdi erkak ohista. U bir necha 

masofa naridagi o‘rdak tomonga tobora qi-

ziqishi ortib, ko‘z uzmay tikilib qolgandi. 

“Voajab, hamma narsaga o‘ta ishtiyoq bi-

lan qarar ekanmi? Boshini qanday burishini 

qarang. Hech narsani nazaridan qochirmaydi-

ya. Ishonchim komil, u aniq o‘rdak bolasi”, 

– derdi u o‘ziga-o‘zi. 

“Endi qurolni olib kelaveraymi?” 

Bolakayning sabri chidamay, borgan sari 

oyog‘ini qo‘ygani joy topolmay, turgan yerida 

tinmay tipirchilardi. 

“Kel, uni yana bir lahza bo‘lsa ham tomo-

sha qila qolaylik”, – deya uning shashtini 

pasaytirdi erkak. “Qara, u qanday baxtiyor. 

Xuddi urushdan katta sog‘inch ila uyiga 

qaytib kelayotgan peshonasi yorug‘ askarga 

o‘x 

shaydi. Sen uning yerga qo‘nganini 

ko‘rding-a?” 

“Ha-da. U avval anavi joyda uchib yurgan-

di. Keyin men uni suvga yaqinlashayotganini 

ko‘rib qoldim. Endi qurolingizni olgani ketsam 

ham bo‘lar?”

“Mayli, mayli”, – dedi erkak. “Borib kela 

qol. Ungacha men o‘rdakchani tomosha qilib 

o‘tiraman.” 

Bolakay avval asta-sekinlik bilan qadam 

tashlab, keyin esa zipillagancha tepalik usti-

dagi stansiya tomon chopib ketdi. 

Erkak qaddini rostladi. Jajjigina o‘rdakcha 

unga shu damda urushning qonli lavhalarini 

eslatib yuborgandi. 

Xo‘p, yaxshi, bu-ku bitta qush ekan, bu 

mitti mavjudot bir askar boshiga tushajak 

QUYOSH QO‘SHIG‘I

 (hikoya)

Alan Marshal 

Avstraliya yozuvchisi 

 Alan Marshal (1902-1984) avstraliyalik eng atoqli yozu v-

chilardan biri, u Viktoriyada tavallud topib, maktabni ham 

shu yerda tamomlagan. 

 “Yoshligimda, – deya eslagandi u bir intervyusida, – men 

shuni anglab yetgandimki, yozuvchi odamlar haqida yozish-

dan avval ular bilan dardlashishi zarur ekan. Men o‘z 

ko‘zlarim bilan ko‘rganlarimnigina qalamga olishga ahd 

qildim. Shunday qilib, furgonga chiqdim-u dunyo bo‘ylab 

sayohatga otlandim, safarim davomida yolg‘izlikda qiynalib, 

azob chekayotgan odamlar bilan yuzma-yuz keldim.” 

Hayoti mobaynida Alan Marshal avstraliyalik aborigenlar 

bilan yashab, ularning huquqlari uchun kurashgan. 

Oq yomg‘ir



Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

30

ko‘r guliklardan zig‘ircha ham tahlikaga tush-

maydi. Uning uchun hayot va baxt – ozod 

Parvoz! U Bobo Quyoshning haroratli qo‘ shi-

g‘ini tinglash uchun o‘zining jimitdakkina jo-

nini eson-omon ko‘targancha osmon-u falak-

lar bo‘ylab uchib ketaveradi... Hatto ajal nafa-

si ufurib turgan quyuq chakalakzorlar ustidan 

ham qulochlarini keng yoygancha emin-erkin 

uchib o‘taveradi u...

Hozirgina bo‘lib o‘tgan voqeani yosh askar 

yana bir marta o‘z quloqlari bilan eshitib, o‘z 

ko‘zlari bilan ko‘rib guvohi bo‘ldi. Yaponlar 

qoq tunda kelib bo‘lishgan ekan. Ular allaqa-

chon yerga qo‘nib, askarlar tomon hujumga 

o‘tgandilar; zim-ziyo kechada, yog‘iy askarlari 

birin-ketin suv betidan bosh chiqarishib, 

ko‘payib borishardi. Ular bir daf’a bo‘lsa-da 

ortga chekinishmadi. O, bu na’ralar... o‘ldi-

rishlar... ko‘tarilayotgan va yiqilayotgan odam-

lar...

Keyin ular yashiringan qalin chakalakzor 

va uyga tomon eltuvchi adoqsiz yo‘l askarning 

ko‘z oldida jonlandi. 

Oh! Yana o‘ldirishlar, o‘ldirishlar! O‘ldi-

rishlar! 

Sobiq askar ortiga o‘girilib, haligi bolakay-

ning qo‘lida qurol bilan halloslagancha yugu-

rib kelayotganiga ko‘zi tushdi. Askar yana o‘r-

dak tomonga boqdi. 

O‘rdakcha ochiq suv quchog‘ida bemalol, 

bexavotir suzib yurardi. 

Shunda askar yerdan bitta toshchani qo‘li-

ga oldi-da, uni o‘rdakchaning yonginasiga 

tushadigan qilib uloqtirdi. 

O‘rdakcha cho‘chib suvdan ko‘tarildi-da, 

havoda baland bo‘lib uchib ketdi, bir nafas-

dan so‘ng yana olisroqdagi suv betiga qo‘rqa-

pisa qo‘ndi. 

“Nima qilib qo‘ydingiz?” – dedi bolakay 

yig‘lamoqdan beri bo‘lib. “Biz endi uni sira 

ham tuta olmaymiz!”

Askar indamasdan yerda yotgan formasini 

yig‘ishtirib oldi-da, shoshilmay kiyina boshla-

di. 

“Yo‘q”, – dedi u xotirjam. “Biz uni hech 

qachon tuta olmas edik.” 

 

 Ingliz tilidan 

 Qandilat YUSUPOVA tarjimasi. 

Hayrat

Olimlarning fikriga ko‘ra, insonning ona 

qornida shakllanish bosqichidayoq genlar 

60% axborotni bola organizmiga tashir ekan. 

Shu bois uning aqliy rivojlanishida genetik 

omillarning ham ta’siri benihoya katta. Biroq 

hayotiy kuzatuvlar natijasida ba’zida ota-ona-

da mavjud iste’dod va layoqatlarning birortasi 

bolada namoyon bo‘lmaganligini ham ko‘ra-

miz. Favqulodda noyob qobiliyatga ega bola-

larning miya faoliyati hamda aqliy o‘sish 

ko‘rsatkichlari hozirga qadar dunyo olimlarini 

hayratga solib, fan oldida qator savollarning 

paydo bo‘li shiga sabab bo‘lmoqda. Bunday 

iste’dodli bolalarga nisbatan “Vunderkind” 

atamasi qo‘llaniladi. Nemischadan tarjima 

qilganda “Mo‘jizaviy bolakay” ma’nosini be-

ruvchi bu so‘z aqliy salohiyat darajasi juda 

yuqori bo‘lgan bolalarga nisbatan aytiladi. 

Ular qaysi zamon va makonda tug‘ilishidan 

qat’i nazar o‘z iste’dodi bilan ilm-fan ravnaqi, 

jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelish-

moqda.

Uilyam Votton 

– 1666-yilning 13-avgustida 

tug‘ilgan. U 5 yoshida ingliz, yunon, lotin, 

yahudiy tilida o‘qiy olgan. 13 yoshida Kembrij 

universitetidagi tahsili davomida arab, fran-

suz, ispan va italyan tillarini ham a’lo darajada 

“ V U N D E R K I N D ” LAR 

YOXUD CHEGARA BILMAS TAFAKKUR

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

31

Hayrat

o‘rganib, mantiq, falsafa, matematika, geog-

rafiya, xronologiya va tarix fanlarida ilmiy iz-

lanishlar olib borgan.

Uilyam Jeyms Saydis

 – 1898-yil 1-aprelda 

Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Bu tinib-tinchimas 

bolakay bir yoshga to‘lganidan so‘ng yozish, 

o‘qishni puxta o‘rganib oladi. 4 yoshida esa 

Gomer asarlarining asl nusxasini mutolaa 

qilib atrofdagilarni hayratga soladi, 6 yo shida 

bo‘lsa, Aristotel mantig‘i bilan jiddiy shug‘ul-

lanadi. Shundan so‘ng dunyo tillarini o‘rga-

nishga bo‘lgan ishtiyoqi oshib, sakkiz yoshi-

da 8 ta tilda erkin muloqot qilish imkoniyati-

ga ega bo‘ldi. 11 yoshida nufuzli Garvard 

universitetining talabasi bo‘lishdek baxtga 

sazovor bo‘lib, oliygohni 16 yoshida tamom-

laydi. 


Kim Ung Yong

 – 1963-yilda Koreyada tu-

g‘il gan. U 5 yoshida 4 ta tilni, jumladan, ya-

pon, koreys, nemis, ingliz tillarini bilar va 

matematik analiz bo‘yicha masalalarni oson-

likcha ishlay olar edi. U 15 yoshga to‘lganda 

esa Kolorado Davlat universitetida fizika fan-

lari doktori unvoniga sazovor bo‘ladi va ish 

faoliyatini AQSHda davom ettiradi. Hozirda 

esa vatani Koreyaga qaytib, u yerdagi eng 

mashhur oliy o‘quv yurtlaridan birida yosh-

larga saboq berib kelmoqda. Uning IQ (Intelle­ gence quotenes – aql koeffisienti) darajasi 210 

ni tashkil qiladi. Ung Yong dunyoning eng 

aqlli kishilaridan biri sifatida Ginnesning re-

kordlar kitobidan o‘rin olgan.

Maykl Kevin Kirne

 – 1984-yil 18-yanvarda 

AQSHda tug‘ilgan. To‘rt oyligidan gapira bosh-

lagan. Olti oylik bolakay pediatr qabulida chap 

qulog‘ida infeksiya borligini aytib shifokorlarni 

hayratda qoldiradi. 4 yoshida maxsus matema-

tik dastur bo‘yicha imtihondan eng yuqori ball 

bilan o‘tadi. 6 yoshida o‘rta maktabni tamom-

lab, 8 yoshida geologiya mutaxassisligi bo‘yi-

cha kollej diplomini olishga muvaffaq bo‘ladi. 

U Ginnesning rekordlar kitobidan “Universitet-

ning eng yosh bitiruvchisi” sifatida joy olgan. 

10 yoshida Janubiy Alabama universitetining 

bakalavr darajasiga sazovor bo‘lgan.

Gregori Smit

 – 1990-yilda tug‘ilgan. U 2 yo-

shidan boshlab mustaqil o‘qiy olgan va o‘zi-

ning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli 10 yoshida 

oliy o‘quv yurtini muvaffaqiyatli tugatgan. 

Gregori dunyoning eng aqlli bolakaylari qato-

rida bo‘lib, 4 marotaba Nobel mukofotiga 

nomzod sifatida qo‘yilgan. 

Prometeya Olimpia Kiran Pizaiza 

– 

1991-yilning 13-martida tug‘ilgan. Uning IQ 

darajasi 173. Bir yoshidan o‘qishni boshlagan. 

7 yoshidan kollej o‘quvchilari uchun mo‘ljal-

langan matematika fanini puxta o‘zlashtiradi 

va 13 yoshida Montana Davlat universiteti-

ning matematika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr 

darajasiga ega bo‘ladi.

Akrit Yasval 

– 1993-yilda Hindistonda tu-

g‘ilgan. Uning aql koeffisienti darajasi 146 ni 

tashkil qiladi. Butun dunyoga mashhur Akrit 

ilk jarrohlik operatsiyasini 2000-yilda 7 yoshi-

da amalga oshirgan. Uning bemori 8 yoshli 

qo‘shni qizcha bo‘lgan. Yasval butun Hindis-

ton oliy ta’lim muassasalaridagi eng yosh tala-

balardan biri hisoblanadi.

Mahmud Vail Mahmud 

–1999-yil 1-yanvar 

kuni tug‘ilgan. Ginnesning rekordlar kitobi 

uni sayyoramizning eng aqlli bolakayi deb 

topdi, u tengdoshlari orasida eng yuqori – 155 

IQ to‘pladi. Mahmud eng murakkab arifmetik 

amallarni qisqa muddatda ishlay oladi. Kichik 

bilimdon boshlang‘ich ma’lumotni bir necha 

yil avval tugallab, hozirda dunyoning eng 

mashhur kompyuter kompaniyalari taklif qil-

gan individual dasturlarni o‘zlashtirmoqda. 

Bolakay kelajakda doktor bo‘lishni orzu qiladi.

Aelita Andre

 – 2007-yilda tug‘ilgan. 9 oyli-

gida u o‘zining dastlabki kartinasini chizgan. 

Avsraliyalik kichik musavvir abstraksionizm 

va syurrealistik yo‘nalishdagi ishlari bilan 

mashhur. Uning birinchi ko‘rgazmasi “Rang-

lar mo‘jizasi” deb nomlanib, 2011-yilning 

iyun oyida Nyu-York shahrida tashkil etildi. 

Olti kun davomida uning asarlari deyarli mil-

lion dollarga sotiladi. 2012-yilda u o‘zining 

ikkinchi shaxsiy ko‘rgazmasini san’at ixlos-

mandlariga namoyish etdi. 

Gulhayo Naimova tayyorladi.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2014

32

Tashrif




Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-48.html

barnes-foundation-52.html

barnes-foundation-57.html

barnes-foundation-61.html

barnes-foundation-66.html