1 2 3

Barkamol avlod

bet1/3
Sana08.11.2017
Hajmi211.94 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

“BARKAMOL AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR 

BADIIY IJODIYOT MARKAZI

“YOG‘OCH O‘YMAKORLIGI” TO‘GARAGI 

O‘QUV QO‘LLANMASI

TOSHKENT-2016

1



Mualliflar:

S.Xo‘jaev  -   “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar 

badiiy  ijodiyot  markazi  “Yog‘och  o‘ymakorligi” 

to‘garak rahbari

R.Masharipova  -  “Barkamol  avlod”  Respublika bolalar 

badiiy  ijodiyot  markazi  o‘quvchilarni  ijodiy  kamol 

toptirish guruhi uslubchisi

Taqrizchilar: 

N.Shomansurova  -   “Barkamol  avlod”  respublika

bolalar badiiy ijodiyot markazi direktor o‘rinbosari

G‘.Yuldoshev  -  A.Xo‘jaev  nomli  Respublika  dizayn 

kolleji katta o‘qituvchisi

E.Aliev  -   Yunusobod  tumani  “Barkamol  avlod” 

bolalar markazi to‘garak rahbari

Ushbu  qo‘llanma  Xalq  ta’limi  vazirligining  2016  yil  1  avgustdagi 

194-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  “Yog‘och  o‘ymakorlgi”  to‘garagi  o‘quv 

dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Ushbu qo‘llanma “Barkamol  avlod” bolalar markazlari, ta’lim  muassasalari, 

mehribonlik  uylari  va  mahallalar  qoshida  tashkil  etilgan  “Yog‘och  o‘ymakorlgi” 

to‘garak rahbarlari uchun tavsiya qilinadi.

2


“Barkamol  avlod”  respublika  bolalar  badiiy  ijodiyot  markazi  huzuridagi 

Uslubiy kengashining  2016  yil  10  oktyabrdagi  Navbatdan tashqari  yig‘ilish  qarori 

bilan foydalanishga tavsiya etilgan.

“YOG‘OCH O‘YMAKORLIGI”  TO‘GARAGI O‘QUV QO‘LLANMASI

(birinchi o‘quv yili uchun)

1. Kirish.

Yog‘och  o‘ymakorligi  amaliy  bezak  san’atning  eng  keng  tarqalgan  turi. 

Bunda  biror  naqsh  yoki  tasvir  taxta  yoki  Yog‘och  buyumlarga  chizib,  kesib, 

o‘yib,  ishlanadi.  Badiiy  san’atning  bu  turi  deyarli  barcha  xalqlarda  bo‘lib, 

qadimgi  Sharqda  antik  dunyo  mamlakatlari  arxitekturasida  keng  ishlatilgan. 

Asrlar  davomida  Evropa  va  Osiyo  mamlakatlarida  Yog‘och  o‘ymakorligining 

rivojlanib  o‘ziga  xos  badiiy  uslublari  kelib  chiqqan.  Shu  singari  O‘rta  Osiyoda 

ham  Yog‘och  o‘ymakorligi  qadimdan  rivojlanib  uy-ro‘zg‘or  buyumlarida  va 

arxitekturaning  eshik,  darvoza,  ustunlar,  har  xil  to‘sin,  stol,  xontaxta,  quticha, 

ramka,  qalamdon  va  boshqa  buyumlarni  bezashda  ishlatilib  kelingan.  Arxeolog 

olimlarimimzning izlanishlaridan O‘rta Osiyoda gorelfli, ya’ni juda bo‘rtiq (1  mm 

dan  20  mm  gacha)  releflar bilan har xil narsalarni  Yog‘ochdan  o‘yib  ishlaganligi 

ma’lum  bo‘ldi.  Xalq  yaratgan  asarlar  o‘zining  nafosati,  murakkabligi,  tabiiyligi 

bilan  kishi  aqlini  lol  qoldiradi.  Afsuski,  Yog‘ochdan  ishlangan  ajoyib  Yog‘och 

o‘ymakorligiga  xar  qancha  ishlov  berilishiga  qaramay  asrlar  o‘tishi  bilan  ular 

namga  dosh  beraolmay  deyarli  chirib,  yo‘q  bo‘lib  ketgan.  Bularni  arxeologik 

qazilmalarda topilgan va topilayotgan namunalar isbotlab bermoqda.

V-VI  asrlarda  Yog‘och  o‘ymakorligi  namunalari  Surxondaryo  vohasidagi 

Yumaloq tepa tubidan topilgan.  Olimlarimizning aniqlashicha bundan  1-1,5  ming 

yil  muqaddam  mazkur  joyda  naqsh  o‘ymakorligi  san’ati  bo‘lib,  u  juda  yaxshi 

rivojlangiligi  isbotlangan.  Bunday  noyob  topilmalar  Samarqand  Buxoro,  Xiva, 

Shahrisabz va boshqa shaharlardagi arxeologik qazilmalardan topilmoqda.

V-VI  asrlarda  Yog‘och  o‘ymakorligi  namunalari  Surxondaryo  vohasidagi 

Yumaloq tepa tubidan topilgan.  Olimlarimizning aniqlashicha bundan  1-1,5  ming 

yil  muqaddam  mazkur  joyda  naqsh  o‘ymakorligi  san’ati  bo‘lib,  u  juda  yaxshi 

rivojlanganligi  isbotlangan.  Bunday noyob  topilmalar  Samarqand Buxoro,  Xiva, 

Shahrisabz va boshqa shaharlardagi arxeologik qazilmalardan topilmoqda.

Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo xalqlarini birlashtirish 

orqali  bu  vayronagarchiliklarga  chek  qo‘ydi.  U  xalqimizning  madaniyati,  san’ati, 

shu jumladan,  Yog‘och  o‘ymakorligiga  O‘z  qurgan  obidalari  orqali  hissa  qo‘shdi. 

Samarqandga yirik-yirik usta ulamolarni to‘plab, masjidlar, madrasalar, saroylar va 

boshqa ulkan inshootlar qurdirdi.

XVI  asrda  arxitektura  inshootlarining  ko‘rinishi  yanada takomillashdi,  ko‘priklar, 

savdo  rastalari  qurila  boshladi.  Jome’  masjidlari  saroy  tipida  serhasham  qilib, 

qishlik  va  yozlik  qilib  qurilib,  katta  ayvonlar  o‘yma  ustunlari  va  eshiklari  ham 

o‘yma bezaklar bilan bezatiladi.  XVIII  asrga kelib  O‘rta Osiyoda avj  olgan  o‘zaro 

feodal nizo va urushlar eronning Xivaga qilgan hujumi va boshqalar arxitektura va

3



badiiy  hunarmandchilikka  salbiy  ta’sir  ko‘rsatdi.  Ko‘pgina  musavvir  va 

hunarmandlar Hindistonga, Boburiylar saroyiga ketishga majbur bo‘ldilar.

XVIII  asrga  kelib  me’morchilik  va  amaliy  bezak  san’ati  rivojlana  boshladi. 

Saroy qurilishlari xalq me’morchiligi kompazitsiya uslublaridan foydalanib  ichkari 

hovli,  hovuz,  ko‘p  ustunli  ayvon,  sinchli  imoratlar  qurila  boshladi.  Xalqimizning 

ijodkor  ustalaridan  usta  Shirin  Murodov,  Mirxamid  Yunusov,  SHamsiddin 

G‘ofurov,  Yunus  Ali  Musayev,  Usmon Ikromov,  Quli  Jalilov,  Sulaymon Xo‘jaev, 

Xaydar  Najmiddinov,  Maqsud  Qosimov,  Mahmud  Usmonov,  Abdulla  Boltaev, 

Abdurazzoq  Abduraxmonovlar  o‘z  hunarlarini  maktabda  va  maktabdan  tashqari 

muassasalarda  yoshlarga  o‘rgatishni  yo‘lga  qo‘ydilar.  Keyinchalik  esa  o‘z  uslubi, 

yo‘nalishiga  ega.  Xiva,  Samarqand,  Buxoro,  Toshkent  va  Qo‘qon  kabi  yirik 

Yog‘och o‘ymakorligi maktablari rivoj topdi.

O‘zbek  xalqining  eng  ko‘zga  ko‘ringan  ustalaridan  Olimxon  Qosimjonov 

(1878-1952),  Sulaymon  Xo‘jaev  (1866-1946),  Maqsud  Qosimov  va  boshqalar 

ajoyib  namunalar  yaratdilar.  Ular  o‘ziga  xos  Yog‘och  o‘ymakorligi  maktablari 

yaratib ajoyib shogirdlar etishtirishdilar.

2.  Naqsh  va  uning  turlari.  Yog‘och  o‘ymakorligida  ishlatiladigan  naqsh

 

elementlari

Naqshlar islimiy va pargori bo‘lib,  islimiy (o‘simliksimon) tabiatdan olingan 

har  xil  turdagi  daraxt  va  maysalardan  tashkil  topgan  ko‘rinishi.  Pargori  har  xil 

ko‘rnishdagi sirkul yordamida chiziladigan turi.

Elementlari:

Bargli  gul,  shohbarg,  novda,  zanjirsimon novda,  kurtaklar va har xil  turdagi 

ikki yoki olti yaproqli gullar asosiy naqsh elementlari.

3.  Eng  oddiy  hoshiyabop  naqsh  namunalarini  tartib  raqami  bo‘yicha

 

chizish

Bargli  gul

Yog‘och  o‘ymakorligi  san’atida har bir naqshlar  o‘simliksimonlar  oilasidan 

olingan naqsh elementlaridir.  O‘simliklar olamida tabiiy yaproqlar ko‘rinishida. 

Naqshimiz novdadan tashkil topgan naqshga ega

Novdasimon  shohbargli  gul  2  barg  bir-biriga jipslashgani  uchun  qo‘shshoh 

bargga ega.

Gul naqshlar ichida shohbarglar va novdalar zanjirdan tashkil topgan.

O ’sim liksim on  gul

Tabiatimizning aks ko‘rinishi tasvirlangan.

Bofta marg’ula guli

Naqshlar jipslashgan alohida marg‘ula shakl ko‘rinishga ega bo‘lgan naqsh

O‘z  nomi  bilan  qalampir  deyilishi  sababi  guldan-gulga  ulanadigan  gulga 

o‘xshatish deyiladi

Gullardan tashkil topgan marg‘ula guli (novdaning tugallangan qismi)

Chor  pargori  (sirkul)  yordamida  ikki  uch  xil  diametr  aylanadan  tashkil 

topgan naqsh.

5



Yurakchali  pargori gul

Yuraksimon  shakl  (sirkul) yordamida ikki uch xil  diametr  aylanadan tashkil 

topgan naqsh.

4.Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan  materiallar va ularning turlari

Qadimdan  har  xil  Yog‘och  materiallaridan  turli  maqsadda  foydalanib 

kelingan.  Duradgorlik,  Yog‘ochsozlik,  mebelsozlik,  qurilish,  kemasozlik  va 

boshqa  qator  sohalarda  keng  foydalanilgan.  Yog‘och  o‘ymakorlikda  xam 

o‘ymakor  ustalar  Yog‘ochni  o‘yishdan  oldin  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 

sinchiklab  o‘rganib  chiqqanlaridan  so‘nggina Yog‘ochni  o‘yib  naqsh  ishlaganlar. 

O‘ymakorlikda  foydalaniladigan  Yog‘och  materiallari,  ularning  turlari,  fizikaviy 

va  kimyoviy  xususiyatlari,  zahiralari  va  boshqalarni  bilish  talabalar  uchun juda 

muhim  ahamiyatga  ega.  Yog‘och  materiallari  turli  jinsdagi  daraxtlardan 

olinadigan  xom-ashyo  hisoblanadi.  O‘ymakorlikda  asosiy  xom-ashyo  sifatida 

ishlatiladigan  Yog‘ochlar  turli  daraxtlar  tanasidan  olinadi.  Daraxt  tanasi  o‘zak, 

Yog‘ochlik,  shoxlar,  tolalar  va  po‘stloqlardan  tuzilgan.  Yog‘och  xom-ashyosi 

quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

a) tabiiy xom-ashyo;

b) turli buzilishlarga, chirishlarga qarshi antiseptik moddalar

s) shimdirilgan Yog‘och xom-ashyosi;

d) presslangan Yog‘och xom-ashyosi;

e) elimlangan Yog‘och xom-ashyosi;

f) qatlam-qatlam Yog‘och xom-ashyosi;

g) qatlamli presslangan Yog‘och xom-ashyosi;

h)plastik Yog‘och xom-ashyosi  (maydalangan  qipiq,  payraxa va qirindilarni 

organik  va  mineral  bog‘lovchilar  bilan  elimlab,  qayta  ishlab  tayyorlanadi). 

Yog‘och  materiallari  tabiiy  guliga,  rangiga,  tovlanishiga  va  hidiga  qarab 

aniqlanadi.

Daraxtlar bo ‘yiga qarab 3 guruhga bo ‘linadi:

35  metrdan baland - chinor, terak, qora qayin, qarag‘ay;

25  metrdan 35  metrgacha - qayrag‘och, yong‘oq, oq qayin, tol, qatrang‘i;

25  metrgacha  -  zarang,  chetan,  shumurt  kabi  mevali  daraxtlarga  hamda 

butalarga bo‘linadi.  O‘zbekistonda Yog‘ochlarning yumshoq, qattiq va juda qattiq 

xodalari  olinadigan  nina  bargli  va  yaproq  bargli  turlari  mavjud.  Yog‘och 

o‘ymakorligi  ustalari  o‘z  asarlarini  har  tomonlama  go‘zal  va jozibador  chiqishi 

uchun  eng  yaxshi  yong‘oq,  qayrag‘och,  chinor,  tut,  archa,  terak,  o‘rik  kabi 

mahalliy  daraxtlarning  eng  a’lo  navlarini  ishlatadilar.  Hozirgi  kunda  mahalliy 

daraxtlardan  olingan  materiallar  bilan  bir  qatorda  boshqa  joylardan  keltirilgan

6



shamshod,  eman,  qarag‘ay,  arg‘uvon,  shumtol,  zirk  kabi  boshqa  daraxt 

Yog‘ochlari ham ishlatilmoqda.

Archa  (ruscha  -  mojjevelnik)  

-   O‘zbekistonning tog‘li joylarida o‘sadigan 

daraxtlardan  biri  bo‘lib,  u  1000  yoshgacha  yashaydi.  Po‘stlog‘i  qalin,  rangi 

kulrang,  tanasining  tusi  qizg‘ish-chidamsiz  igna  bargli  daraxt.  Undan  qog‘oz 

sanoatida,  mebellar  va  boshqa  narsalar  yasashda  foydalaniladi.  Yog‘och 

o‘ymakorligida qadimdan qo‘llanib kelingan.

Arg‘uvon  (ruscha  -  lipa)  

-   yaproq  bargli  daraxt  turiga  kirib,  kam 

yoriluvchan,  Yog‘ochi  yumshoq,  oqish  tusli  bo‘ladi.  Uning  yillik  halqalarini 

aniqlash  qiyin.  Arg‘uvon  kam  chatnaydi,  toblanmaydi,  kesish  oson.  Hidsiz 

bo‘lganligi  uchun  Yog‘och  idishlar,  bochkalar,  sabzi  taxtalari,  chizmachilik 

taxtalari  yasaladi.  Yog‘och  o‘ymakorligida  arg‘uvonning  sakson-to‘qson  yilligi 

ishlatiladi.

Baqaterak 

-   yaproq bargli  daraxt  turiga kirib,  uning  po‘stlog‘i  silliq,  rangi 

oq-ko‘kish, tanasi to‘g‘ri bo‘lmay sershox bo‘ladi.  Baqaterakning Yog‘ochi  oqish 

tusli  bo‘lib,  namga  chidamsiz  daraxt  hisoblanadi.  U  qurilish  ishlarida, 

o‘ymakorlik,  duradgorlik  buyumlarini  tayyorlashda  ishlatiladi.  Undan  eshiklar 

tayyorlashda va panjara to‘qishda keng qo‘llaniladi.

Yong‘oq  (ruscha  -  grecheskiy  orex)  

-   yaproq  bargli  daraxt  turiga  kirib, 

uning po‘stlog‘i ko‘kimtir, qalin,  silliq,  Yog‘ochi  qizg‘ish kul rang tusli, qattiq va 

og‘ir,  qimmatbaho  Yog‘och.  Uning  tanasini  pastki  qismida  po‘stlog‘ining 

chatnog‘i  bor.  Yong‘oqning  tabiiy  guli  chiroyli,  ishlov  berish  qiyin  bo‘lsa-da, 

yaxshi o‘yiladi va yaxshi pardozlanadi. Uning tarkibida yog‘  va yod moddasining 

mavjudligi  yong‘oqdan  yasalgan  buyumlarga  o‘zgacha  chiroy  va  joziba  baxsh 

etadi.  Undan  qimmatbaho  mebellar  tayyorlashda  va  Yog‘och  o‘ymakorligida 

keng ko‘lamda ishlatiladi.

Zarang  (ruscha  -  klyon)  

-   qattiq  Yog‘och turiga kirib,  u  qoramtir  qizg‘ish 

rangli,  zich,  puxta,  mexanik  xossalari  jihatidan  emandan  ustun  turadi.  Tabiiy 

gullari  chiroyli  bo‘lib,  o‘zgacha  bir  chiroy  kasb  etadi.  Yillik  halqalari  bir  oz 

bilinadi, ishlov berilishi bir oz qiyin, yaxshi  o‘yiladi va pardozlanadi.  Zarangning 

qush  ko‘ziga  o‘xshash  tabiiy  gullarining  chiroyi  boshqa  Yog‘ochlardan  ajratib 

turadi.  Yog‘och  o‘ymakor ustalari  uning  qush ko‘ziga o‘xshash  gullarini  hisobga 

olib  qush  ko‘zi  deb  ham  aytadilar.  Yog‘och  o‘ymakorligida,  mebelsozlikda 

zarang  xom-ashyolaridan  tayyorlangan  buyumlar  qimmatbaho  hisoblanadi.  U 

mashinasozlik korxonalarida ham ishlatiladi.

Zirk  (ruscha  -  olxa)  

-   uning  ikki  turi  mavjud  bo‘lib,  oq  zirk  va  qora  zirk 

deb  yuritiladi.  Oq  zirkning  po‘stlog‘i  tiniq  hamda  silliq  bo‘ladi.  Qora  zirkning 

po‘stlog‘i  qoramtir tusda bo‘lib,  qalin,  chatnagan bo‘ladi.  Zirk namga chidamlik, 

bo‘yoqni  yaxshi  oladi,  Yog‘ochi  oqish,  ochiq  havoda  tez  qizarib  ketadi. 

YUmshoq  yillik  halqalari  ko‘zga  tez  va  yaqqol  tashlanadi.  O‘yilishi  va 

pardozlanishi  qiyin.  Undan  arzon  mebellar  va  fanerlar  tayyorlashda  ishlatiladi, 

chunki unga tez qurt tushadi.

Mirzaterak  (ruscha  -  topol)  

-  yaproq bargli  daraxt  turiga kirib,  po‘stlog‘i 

sarg‘ish,  kam  chatnagan  va  silliq  bo‘ladi.  U  kam  shoxli,  tanasi  tik  va  to‘g‘ri,

7



Yog‘ochi  oq  tusli,  namga  chidamsiz  bo‘ladi.  Mirzaterak  o‘ymakorlikda  va 

Yog‘och o‘ymakorligida keng ishlatiladi.

Nok (ruscha  -  grusha) 

-  bargli, mevali,  qalin po‘stloqli,  chatnagan bo‘ladi. 

Nokning  Yog‘ochi  to‘q jigarrang,  mo‘rt,  qattiq,  yillik  halqalari  bilinar-bilinmas. 

Uning  xodalaridan  gul  bosadigan  qoliplar,  randalangan  fanerlar  va  qimmatbaho 

mebellar tayyorlanadi.  O‘ymakorlikda ishlatiladi.

Oq  qayin  (ruscha  -  beryoza)  

-   yaproq  bargli  daraxt  turiga  kirib,  uncha 

qalin  bo‘lmagan  oqish  po‘stlog‘i  palaxsa-palaxsa  yorilgan  bo‘ladi.  Uning 

Yog‘ochi  qattiq,  oqish  tusli,  Yog‘ochiga  ishlov  berish  qiyin,  yillik  halqalari 

bilinar-bilinmas,  namga  chidamsiz,  o‘yilganda  o‘ta  sifatsiz  chiqadi,  lekin  yaxshi 

pardozlanadi.  Tanasida  smola  va  yog‘ning  yo‘qligi  sababli  tolalari  qovushoq 

emas.  Asosan,  oq  qayindan  fanerlar,  mebellar,  egri  chiziqli  Yog‘och  detallar  va 

boshqalar  tayyorlashda  ishlatiladi.  U  Yog‘och  o‘ymakorligida  kam  ishlatilib 

duradgorlik va qurilishda keng ishlatiladi.

Oq  qarag‘ay  (ruscha  -  pixta)  

-   po‘stlog‘i  yupqa,  silliq,  kulrang  tusda, 

yumshoq,  engil,  oson  ishlanadi,  biroz  qoramtir  dog‘li,  Yog‘ochi  oqish  tusda 

bo‘ladi.  U  mayda ko‘zli,  kam  yog‘  va kam  smolali,  hidi  yo‘q,  namga  chidamsiz 

daraxtlar  sirasiga  kiradi.  Oq  qarag‘ay  ko‘proq  cholg‘u  asboblarini  yasashda, 

asosan, qurilishlarda ishlatiladi.  Yog‘och o‘ymakorligida qisman ishlatiladi.

Tilog‘och  (ruscha  -  listvennitsa)  

-   igna  barglilar  turiga  kiruvchi  ushbu 

daraxt  o‘ta  og‘ir,  Yog‘ochi  qattiq,  qoramtir-sarg‘ish  rangli  bo‘lib,  chiroyli 

ko‘rinishga  ega.  Tilog‘och  namga  chidamli,  qarag‘ay  daraxtiga  qaraganda  30% 

mustahkam.  U  ortiqcha  yog‘li  va  smolali,  o‘yilishi  biroz  qiyinroq  bo‘lsa-da, 

chiroyli  pardozlanadi.  Po‘stlog‘i  qalin,  yillik  halqalari  aniq  ko‘rinadi,  Yog‘ochi 

mayin  qatlamli.  Tilog‘och  ortiqcha  yog‘li  va  smolali  bo‘lganligi  uchun  tez 

chirishning oldini oladi, issiqda o‘yma yuzasidan smolasi  qo‘yilib oqib chiqadi va 

o‘ymaning  sifatini  buzadi.  Shu  va  shu  kabi  tomonlari  uni  Yog‘och 

o‘ymakorligida kam qo‘llashga olib keladi. U, asosan, qurilishda ishlatiladi.

Tog‘  teragi  (ruscha  -  osina)  

-   yaproq  bargli  daraxt,  po‘stlog‘ining  rangi 

sarg‘imtir,  yupqaroq,  tanasininig pastki  qismlarida  chatnog‘i  bo‘ladi.  Tog‘  teragi 

yumshoq  Yog‘ochlar  turiga  kiradi,  Yog‘ochiga  ishlov  berish  oson,  engil,  tanasi 

oqish-sarg‘imtir  tusda,  namga  chidamsiz,  yillik  halqalari  aniq  ko‘rinadi.  Undan 

turli-tuman  o‘yinchoqlar,  idishlar,  gugurt  qutilari  va  donalari,  faner,  har  xil 

buyumlar  tayyorlanadi.  qurilishda,  eshik  va  romlar  yasashda  foydalanish 

mumkin.  Yog‘och  o‘ymakorligida  namga  chidamsizligi  va juda  tez  chiriganligi 

uchun kam ishlatiladi.

Chinor  (ruscha  -  platan)  

-   yaproq  barglilar  turiga  kiruvchi  ushbu 

daraxtning po‘stlog‘i  qizg‘ish-sariq tusli, tanasining rangi  qizg‘ish-qoramtir, ko‘p 

shoxli,  mustahkam  va  qattiq,  pishiq-puxta,  yupqa,  silliq.  Chinordan  olingan 

Yog‘och  materiallariga  ishlov  berish  qiyin,  Yog‘ochida tabiiy  atlassimon  gullari 

bor,  loklanganda  o‘zgacha  bir  chiroy  va  joziba  baxsh  etadi.  Yog‘och  tolalari 

betartib  bo‘lganligi  bois  o‘ymakor ustadan  mahorat va  sinchkovlikni  talab  etadi. 

O‘yilganda  o‘yma  sifatli  va  pardozi  nafis  chiqadi.  Chinordan  qimmatbaho 

mebellar  va  randalangan  fanerlar  tayyorlanadi.  Yog‘och  o‘ymakorligida  keng 

ko‘lamda ishlatiladi.

8



SHumtol  (ruscha  -  yasen)  

-   yaproq  bargli,  kam  yoriluvchan,  qovushoq 

Yog‘ochli,  och  qizg‘ish  rangli,  mustahkam,  puxta,  pishiq,  tabiiy  guli  chiroyli  va 

egiluvchan  daraxt.  Uning  Yog‘ochiga  ishlov  berish  qiyin,  silliq  randalanadi  va 

pardozlanadi.  Yillik  tolalari  aniq  ko‘rinadi,  bug‘langanda  esa  yaxshi  egiluvchan 

bo‘ladi.  SHumtolning  Yog‘ochidan  olingan  materiallar  faner  tayyorlashda, 

vagonsozlikda,  samolyotsozlikda, kemasozlikda qo‘llaniladi.  Uning  Yog‘ochidan 

har  xil  asbob  dastalari,  sport  buyumlari  tayyorlanadi.  Yog‘och  o‘ymakorligida 

keng foydalaniladi.

O‘rik  (ruscha  -  uryuk)  

-   yaproq  bargli  daraxt.  Mevali,  tanasi  qoramtir 

qizg‘ish, qattiq va mustahkam.  Uning Yog‘ochidan har xil mayda buyumlar, lavh, 

qutichalar  tayyorlashda  va  inkrustatsiya  ishlashda  foydalaniladi.  Yog‘och 

o‘ymakorligida keng ishlatiladi.

Qarag‘ay  (ruscha  -  sosna)  

-  ignabarglilar turiga kiruvchi  ushbu  daraxtning 

po‘stlog‘i  qalin,  to‘q  jiggarang  tusda  bo‘ladi.  Uning  Yog‘ochi  puxta,  engil, 

smolali, oq-qizg‘ish, namga chidamli daraxt.  Qarag‘ay tik va to‘g‘ri o‘sadi. Uning 

balandligi  30-40  metrgacha,  yoshi  120-150  yilgacha  bo‘ladi.  Uning  yillik 

halqalari  aniq  ko‘rinib  o‘ziga  xos  ko‘rinishga  ega.  Qarag‘ay  yumshoq  Yog‘och 

bo‘lib,  uni  yorish,  arralash,  randalash,  elimlash,  bo‘yash,  loklash,  ishlov  berish 

oson.  U  kemasozlikda,  qurilishda,  mebel  ishlab  chiqarishda  va  duradgorlikda 

ishlatiladi.  Yog‘och  o‘ymakorligida  monumental  ishlarda  keng  ko‘lamda 

ishlatiladi.

Qora  qayin  (ruscha  -  buk)  

-   yaproq  barglilar  turiga  kiruvchi  ushbu 

daraxtning  tanasi  sarg‘ish-qizg‘imtir  tusli,  tovlanadigan  tiniq,  Yog‘ochi  og‘ir, 

qattiq,  qovushoq  bo‘lsa-da,  namga  chidamsiz.  Uning  xodalarini  radial  qirqimi 

bo‘yicha  chiroyli,  tabiiy  guli,  yillik  halqalari  yirikroq  va  aniq  ko‘rinadi.  Qora 

qayin  egiluvchanlik  xususiyatiga  ega  bo‘lganligi  uchun  fanerlar,  mebellar 

yasashda,  chizmachilik  asboblari  tayyorlashda  qo‘l  keladi.  Qattiq va mustahkam 

bo‘lganligi  uchun  Yog‘och  mix,  parket  polini  ishlashda  keng  ko‘lamda 

foydalaniladi.  Islimiy  naqshlar  qora  qayin  Yog‘ochidan  juda  nafis  va  chiroyli 

chiqadi.  Qora  qayin  Yog‘och  o‘ymakorligida  keng  ko‘lamda  ishlatilib,  asosan, 

100-105  yoshga kirganlaridan  foydalaniladi.  Bu  Yog‘ochdan  yasalgan  buyumlar 

pardozlanib  loklanganda  ajib  bir  chiroy  baxsh  etadi.  Yog‘och  o‘ymakorligida 

ishlatiladigan  turli  xom-ashyolar  o‘zining  pishiqligi,  nuqsonsizligi,  qurt 

emaganligi, rangining tiniqligi, mustahkamligi, laklansa yanada go‘zal tovlanishi, 

ko‘p 


yillar 

davomida 

yorilmasligi, 

buralmasligi, 

namga 

chidamliligi, 

pardozlanishi,  o‘yishda  qo‘porilmasligi  va  shunga  o‘xshash  o‘ziga  xos 

xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  yasalayotgan  buyumga  mos  keladigan 

materiallardan  tanlash  alohida  ahamiyatga  ega.  Yog‘och  xom-ashyosidagi  tabiiy 

go‘zallik,  chiroy yasalgan buyumga o‘zgacha bir joziba bag‘ishlaydi.  SHu va shu 

kabi sifatlarni inobatga olgan ustalar Yog‘och

xom-ashyosiga  buyum  yasashdan  avvalroq  ishlov  berib,  yillar  davomida 

tayyorlab kelganlar.

9



5. O‘ymakorlik ishlari haqida  umumiy tushuncha

Ma’lumki,  sobiq ittifoq davrida xalq amaliy san’ati bo‘lishi o‘zbek milliy 

hunarmandchilik,  zardo‘zlik,  gilamchilik,  Yog‘och  o‘ymakorligi,  naqqoshlik  kabi 

turlari  va  shu  sohada qozongan ustalarning xizmatlari  intila borib,  yo‘qolib  ketishi 

haqida  edi.  Ammo  respublikamiz  mustaqilikka  erishgan  birinchi  kunidan  boshlab 

bu  sohadagi  ishlarga  e’tibor  berilmoqda.  Jumladan,  respublikamiz  maktablari  va 

maktabdan  tashqari  amaliy  mashg‘ulotlarda  ham  hozirgacha  anchagina  ishlar 

bajarilyapti.

Yog‘och  o‘ymakorligi  o‘zbek  xalq  amaliy  bezak  san’atining  keng 

tarqalgan  turi  bo‘lib  naqsh  tasvirlanadi.  Tasvir  taxta  yoki  Yog‘och  buyumlarga 

chizib ishlanadi. Yog ‘ochga ishlangan naqsh lagan

Asrlar  davomida  Evropa  va  Osiyoda  Yog‘och  o‘ymakorligi  qadimdan 

rivojlanib kelgan.

5-6  asrlardan  Yog‘och  o‘ymakorligi  namunalari  Surxondaryo  sohasidagi 

yumaloq  tepa  tubidan  topilgan  1-1,5  ming  yil 

muqaddam 

mazkur 

oyda 


o‘ymakorlik 

ishlari 


bitganligi isbotlangan.

Bunday  noyob  topilmalar  Samarqand,

Buxoro,  Xiva,  SHahrisabz,  boshqa  shaharlardagi 

arxeologiya topilmalardan aniqlanmoqda.

4-10  asrlarda  O‘rta  Osiyo  madaniyati  o‘sa 

boshladi.  9  asrda  Samarqand  mustaqil  davlat 

bo‘lgach, olimlar va faylasuflar etishib chiqdi.

Ular  Abu  Ali  ib  Sino,  Rujdaki,  Firdavsiy,

Beruniy  va  boshqalar.  Ajoyib  arxitektura  yaratiladi.

Masalan,  Ismoil  Somoniy  maqbarasi.  Madaniyat 

rivojlanishi  Yog‘och  katta  o‘rin  tutadi.  Yog‘och 

o‘ymakorligi 

bo‘yicha 

O‘zbekistonda 

buyuk 

ustalardan 

Olijon 

Qosimjonov 

1952-19978,

Sulaymon  Xo‘jaev  1946-1966,  Maqsud  Qosimov  va




Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-70.html

barnes-foundation-75.html

barnes-foundation-8.html

barnes-foundation-84.html

barnes-foundation-89.html