1 2 3 4 5 6

Barkamol avlod Vatanning baxti - bet 6

bet6/6
Sana04.06.2018
Hajmi411.58 Kb.

yetishib chiqqan. Bu toshning siri,

xosiyati, xislati, bari-bari uning

ichida, baxshi bo‘lmoqchi bo‘l-

sangiz, shoir yoki san’atkor

bo‘laman desalaringiz, tosh yoniga

kelib, qayta-qayta mashq qilinglar,

tinimsiz o‘qib-o‘rganinglar,

bolalarim, — degan edi ustozimiz

o‘shanda.

QOYA  TOSHDAGI

ULKAN  OYOQ  IZI

Bundan bir necha yil ilgari

Langartovga borganimizda,

geolog-tadqiqotchi, shoirta’b

inson Jo‘raqul aka Yo‘ldoshev

bizga hamroh bo‘ldi. O‘shanda

Jo‘raqul akaning ota qadrdoni 80

yoshli Ashur bobo Jumayevni

ko‘rgani bordik. Otaxon hali

bardam, baquvvat. Yuz-u ko‘z-

laridan nuroniylik, so‘zlaridan

hikmat yog‘iladi.

Ashur bobo bizni Oqtovning

“Mushkenttov” cho‘qqisiga

boshladi. Ulkan toshdan toshga

xuddi kiyikday chaqqon sakrab

o‘tayotgan otaxon bizni bir nafas

kutib, yana olg‘a boshlaydi.

Chaqqonligi, charchamasligiga

izoh berib o‘tadi:

— Men kam deganda har

haftada bir, ikki bor shu

cho‘qqilarga chiqib tushaman,

har xil o‘tlar, dorivor giyohlar

yig‘aman, toza havodan nafas

olaman. Sut, qatiq, qaymoqni

kanda qilmayman, buloq suvini

ichaman. Shu sababli sog‘lom,

baquvvatman. Shifoxona ham,

dorixona ham shu tog‘, shu dara

va cho‘qqilarda biz uchun,

bolalarim, — deydi Ashur bobo.

Atrofga nazar tashlaymiz,

xarsanglar, har hil giyohlar,

cho‘qqilarda tog‘ echkilari o‘t-

o‘lan-u, giyohlarni qimtib-qimtib

yeb, tevarakni ziyrak kuzatadi.

Cho‘qqilar sari o‘rlaydi.

— Shu cho‘qqining yanayam

teparog‘ida katta bir xarsangda

ulkan bir oyoq izi bor, hozir

sizlarga o‘sha izni ko‘rsataman, —

deydi bobo bizni yuqoriga bosh-

lab.


Tik qoyalardan yuksaklikka

ko‘tarilib boramiz. Eng baland

cho‘qqiga yetgach, Ashur bobo:

— Mana shu tosh, mana

odamning o‘ng oyoq izi, — deya

bizni katta xarsangtosh yoniga

chorladi.

31

Ne ko‘z bilan ko‘raylikki,

odam oyog‘ining izi toshga huddi

ko‘pchib yotgan tuproqqa botgan-

day muhrlanib qolgan edi.

Hayratimiz oshdi. Chamasi,

55-60 santimetr keladigan oyoq

izidan ko‘z uzolmay qoldik.

Ajabo, bu sir-u sinoatning ildizi

qayerlarga borib taqalar ekan?

Bu qanday ulkan odamning

oyoq izi ekan? Oyog‘i shunday

bo‘lsa, uning gavdasi qanday,

bo‘yi necha metr bo‘lishi

mumkin?

— Rivoyat qilishlaricha, Nuh

payg‘ambar to‘fondan omon

qolib, kemada suza-suza bir

quruqlikka, aniqrog‘i, mana shu

tog‘ning biz turgan cho‘qqisiga

langar tashlab, mana shu tosh

yuzasiga oyoq bosgan ekan, —

deya hikoya qila boshladi Ashur

bobo. — O‘shanda oyog‘ining izi

toshga chuqur botib ketgan, deyi-

shadi. Shu sababli ham bu yerlar

Langar tovi, Langar cho‘qqisi

deb atalib kelinadi. Necha-necha

asrlar o‘tib, tog‘ ham ancha-

muncha past tashlagan. Iz ham

mana shu holatga kelgan. Bu yerga

har yili ko‘plab odamlar kelib-

ketishadi.

SEHRLI  VA

SHIFOBAXSH  QUM

Bu g‘aroyib izli tosh, cho‘qqi

bilan bog‘liq yana bir sirli hodisa

har yil takror-takror sodir bo‘lib

turar ekan.

Biz u yerga yozning adog‘ida

borgan edik o‘shanda. Oyoq izi

botgan xarsangtoshdan chamasi

100 metrlar pastlikda ikki uyum

mayda gil qumga duch keldik.

— Aslida bu yerlar sir-u

sinoatga kon, — deydi Ashur bobo,

— mana shu qumda ham bir xislat

bor. Hozir kuz fasli boshlanish

arafa-sida siz ko‘rayotgan mana

shu ikki qopcha keladigan qum

zarralar atrofiga saraton bosh-

lanishi arafasida tog‘-tog‘ qum

zarralari uyulib ketadi. Ularning

qayerdan uchib  kelishi  ko‘zga

ko‘rinmaydi. Ko‘kdanmi, yerdan-

mi, yon atrofdanmi paydo bo‘la

boshlaydi. Saraton kirishiga

to‘planib ulguradi.

Saraton kirgach, mana shu

kengliklar tumonot odamga to‘lib

ketadi. Ikki uyum qum o‘rtasidan

bo‘linadi. Chodir tutiladi. Bir

tomonda ayollar, ikkinchi tomon-

da erkaklar qumga tushishadi.

Mutaxassis shifokorlar, hamshira-

lar kelib, qumga tushmoqchi bo‘l-

ganlarning qon bosimini o‘lcha-

shadi. Bo‘ynigacha qumga ko‘mil-

gan odamlarning boshiga soyabon-

lar qo‘yiladi. Ularga choy, suv

berib turishadi. Chunki qum issiq:

u badandagi bod, shamollashlarni

o‘ziga so‘rib olib, o‘zidan inson tana-

siga shifobaxsh harorat uzatadi.

Hatto oyoq-qo‘llari og‘riydi-

ganlar, tuz yig‘ilgani tufayli yurol-

may qolgan, umuman, dardi bor

odamlar bir hafta, uzog‘i bilan o‘n

kun orasida salomatliklarini tiklab

qaytadi. Zambil bilan ko‘tarib kel-

gan odamlarning o‘n kunda o‘z

oyog‘i bilan yurib ketganini  ko‘r-

ganmiz, — deya hayratimizni

oshirdi Ashur bobo. — Saraton

tugab, davolanuvchilar ketgach,

sehrli, sirli qum yana hech kimga

sezdirmay — qanday kelgan bo‘l-

sa, xuddi shunday g‘oyib bo‘ladi.

O‘shancha qumdan mana shuncha

qum qoladi.

Bu, haqiqatan ham, qiziqarli

va sirli — ko‘z bilan ko‘rmasa isho-

nish qiyin bo‘lgan gaplar. Lekin

yoz chillasida vaqt topib, Langar-

tovning “Mushkenttov” cho‘qqisiga

kelsangiz, barcha-barchasini o‘z

ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.

Nurota tog‘lari chindan-da

sirli joy. Nurotaning o‘lkamizdagi

ko‘hna qadamjolardan ekanligi

bejiz emas. Balki Nur ziyoratgohi

uni kaftida tutib turgan Oqtov va

Qoratov quvvati bilan ham nurlidir.

Abdusaid NURBOYEV

Fotolar muallifi — Abdug‘ani JUMA.

BILIM —

 BAXT  KALITI



32

Jamoatchilik

kengashi:

Turg‘unpo‘lat DAMINOV,

Svetlana INOMOVA,

Turobjon JO‘RAYEV,

Tatyana KARIMOVA,

Abdulla ORIPOV,

To‘lepbergen QAIPBERGENOV,

Gulnora YO‘LDOSHEVA

Bosh muharrir:

Muhammadali QO‘SHMOQBOY

Tahrir

hay’ati:


Avaz MANSUROV,

Abdulla OCHILOV,

Shomirza TURDIMOV,

Nuriya TUREYEVA,

Feruza VAHOBOVA,

Dilorom SHARIPOVA,

Anvar SHEROV

(bosh muharrir o‘rinbosari).

Manzilimiz: 100170. Toshkent,

I.Mo‘minov ko‘chasi, 9.

Telefon: 262-30-44 (faks), 262-30-11.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

“Sog‘lom avlod uchun”,

2010-yil, 1-son.

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102-

tartib raqami bilan ro‘yxatdan  o‘tkazilgan.

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali matbaa

(komputer) bo‘limi O‘zbekiston Matbuot

va axborot agentligi tomonidan 2004-yil

17-may kuni 10 — 0654-tartib raqami

bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Bir bosma tabaqqacha bo‘lgan asarlar

mualliflarga qaytarilmaydi.

Biror asar yoki undan parcha ko‘chirib

bosilganda, “Sog‘lom avlod uchun” jurna-

lidan olindi” deb izohlanishi shart.

Jurnalda nashr etilgan maqolalarda

mualliflarning tahririyat nuqtai nazariga

muvofiq kelmaydigan fikr-mulohazalari

bo‘lishi mumkin.

Muallif  tahririyatga yo‘llayotgan qo‘l-

yozmasiga o‘z INN raqami, shaxsiy

jamg‘arib boriladigan pensiya daftar-

chasi nusxasini ilova qilishi so‘raladi.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa

(komputer) bo‘limida tayyorlandi.

Navbatchi muharrir:

Abdusaid NURBOYEV.

Matbaa (komputer) bo‘limi mudiri

Feruza NURITDINOVA.

Sahifalovchi: Ulug‘bek ASROROV.

Korrektor: Nigora YODGOROVA.

Bosmaxonaga  2010-yil  15-yanvar

kuni topshirildi. Ofset usulida

chop  etildi. Qog‘oz  bichimi  60x84 

1

/

8

.

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma tabaq.

Nashriyot hisobida 3,8 bosma tabaq.

Tiraji  6093  nusxa. 09-909-buyurtma.

“O‘zbekiston” NMIUda bosildi.

100129, Toshkent,

Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Har tomonlama uyg‘un rivojlangan barkamol avlod qo‘lida zamonaviy

elektron axborot vositalari ezgulikka xizmat qiluvchi qudratli vositaga

aylanadi. MTMda, maktabda, kasb-hunar kollejlarida, akademik

litseylarda, oliy o‘quv yurtlarida komputerlashtirish jarayoni jadallik

bilan rivojlanayotganligi esa yosh nasl bu sohada ham ilg‘or bo‘lishiga

imkon yaratmoqda.

Suvratda: Jizzax tumani Komputer texnologiyalari kasb-hunar kolleji

hamda Toshkent shahar Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji

o‘quvchilari mashg‘ulot vaqtida.

Baxtiyor AKRAMOV suvratga tushirdi.

BILIM —


 BAXT  KALITI


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barometri--manometri.html

barone-borrelli-bozzi-11.html

barone-borrelli-bozzi-16.html

barone-borrelli-bozzi-4.html

barone-borrelli-bozzi-9.html